Brenddan ham ko’proq: majburiyatlar tarixi

L'OCCITANE brendi 1976 yilda uning asoschisi Olivye Bossan efir moylarini distillash va ularni o’z sevimli Provansida sotishni boshlaganida yaratilgan edi. Qattiq tamoyillar va haqiqiy tarixga asoslangan brend o'shandan beri uzluksiz rivojlandi, ammo uning falsafasi o'zgarishsiz qolmoqda. Tabiat muhim ahamiyatga ega. Insonlar muhim ahamiyatga ega. Aynan shuning uchun ham LOCCITANE noyob sayyoramizni himoya qilish va insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lishni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan oltita oddiy tamoyilga sodiqdir.
Biologik xilma-xillikni qadrlash
Saxiylik tarixi
Tabiiyki, tabiatni sevadigan brend uning muhofazasi va xavfsizligi haqida ham qayg'uradi. L'OCCITANE ekologik jihatdan xavfsiz usullar bilan olingan ingrediyentlardan foydalanadi. Ushbu ingrediyentlarning kelib chiqishini kuzatish orqali, ushbu ingrediyentlar atrof-muhit va biologik xilma-xillikka zarar yetkazmasdan o'simliklar yetishtirilish va yig'ib olishni ta'minlashiga ishonch hosil qilish mumkin. Biz hatto mahalliy o'simlik turlarini himoya qiluvchi yetkazib berish kanallarini ishlab chiqdik! Biz ko’plab aksiyalarni yo’lga qo’ydik, masalan, Korsikada bo’znoch – o’tsimon o’simligini organik yetishtirishning birinchi plantatsiyasini yaratdik, Provansda bodom daraxtlarini yetishtirishni qaytadan tiklashga yordam berdik, shuningdek iqlim o‘zgarishi tufayli xavf ostida qolgan Provans lavandasini saqlab qolish loyihasi ustida ham ishlamoqdamiz. Bundan tashqari, biz dalalarni shamoldan himoya qiluvchi zonalarni ekamiz, mahalliy o'simlik turlari va eski va noyob navlarni ommalashtirish bilan shug’ullanamiz.
Bizning maqsadimiz: 2025 yilgacha 1000 dan ortiq o‘simlik turlari va navlarini muhofaza qilishga o’z hissamizni qo‘shish.
Ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash
Haqiqat tarixi
Biz ishlab chiqaruvchilarimiz bilan ishonch va o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni qadrlaymiz. Aynan ular bizning mahsulotlarimiz uchun asosiy ingrediyentlarni olish uchun kerakli, kuzatish oson bo'lgan o'simliklarni yetishtiradilar. Biz ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli eksploziv bo’lmagan - portlamaydigan shartnomalar tuzdik va ularga adolatli narx to'laymiz, texnik va moliyaviy yordam ko'rsatamiz. Biroq biz bundan ham ko’prog’ini xohlaymiz…
Bizning maqsadimiz: 2025 yilga kelib, barcha bevosita ishlab chiqaruvchilar bilan adolatli savdo shartnomalari tuzish. Biz buni qila olamizmi? Ha qilaolamiz!
Chiqindilar sonini qisqartirish
Sayyoraga bo’lgan hurmat tarixi
Siz qachondir LOCCITANE brendining uch muhim tamoyili haqida eshitganmisiz?
Ayollar huquqini bilish
Emansipatsiya tarixi
L'OCCITANE gender tengligi va ayollar o’z maqsadlariga erishishlari uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirishlariga ishonadi. Burkina-Fasodagi ishimiz tufayli biz karite yog'I ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi ayollarga yanada mustaqil bo’lishlariga yordam berdik. Bizning Fondimiz mikrokreditlar olish, savodsizlikni tugatish va o’z farzandlariga bilim berish dasturida ishtirok etishda ularga yordam berdi.
Ko’rish haqida g’amxo’rlik
Ko’rish haqida g’amxo’rlik qilish tarixi
Bizning paketlarimizda Brayl shrift yozuvlari borligiga e’tibor qaratdingizmi? Yoki biz sotadigan kosmetik vositalardan olingan pulni ko'rlikning oldini olish uchun yordamga yuborish haqida eshitgandirsiz? IIB – Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va UNICEF bilan hamkorlik tufayli Fondimiz faoliyati davomida biz ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bir qancha yo‘nalishlarda ishlamoqdamiz. Biz A vitaminli biologic faol qo'shimcha moddalarni yetkazib berish orqali bolalarda ko'rlikning oldini olishga yordam beramiz, shuningdek butun dunyo bo'ylab odamlarning ko'rishini tekshirish va oftalmologik yordam bilan ta'minlashga ko’maklashamiz. Kelajak yanada yorqinroq bo'lmoqda.
Hunarni sharaflash

Iqtidor tarixi
L'OCCITANEhar doim hunarmandchilik va ijodga alohida hurmat bilan qaragan, shuning uchun brendning mahalliy hunarmandlar bilan hamkorlik qilishi ajablanarli emas. Biz do'konlarimizda ularning hunarmandchilik qobiliyatlari, bilim va ko'nikmalarini namoyish etamiz va siz ham an'anaviy hunarmandchilik mahoratining go'zalligini qadrlay olishingiz uchun ular bilan birgalikda ishlaymiz.
