Ekologik xavfsiz yetkazib berishlar

Biz jarayonda bosqich boshidan faol qatnashmoqdamiz va o’z xomashyomiz va uni yetkazib beruvchilar haqida hammasini bilamiz. Bu butun jarayon davomida: urug’ ishlab chiqarishdan to tayyor mahsulotgacha bizning ishonchliligimizdan dalolat beradi.

ISHONCH VA HURMATGA ASOSLANGAN UZOQ MUDDATLI HAMKORLIKLARNI QURISH

BIZNING ISHIMIZNING TO’RT ASOSIY TAMOYILI

L’OCCITANE tabiatni namuna sifatida ko'radi va innovatsiyalarni ishlab chiqishda o'simliklarning tabiiy xususiyatlaridan ilhom oladi. Biz o’z ishlab chiqaruvchilarimiz bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga intilamiz va asosiy ingrediyentlar uchun mahalliy integratsiyalashgan ta'minot zanjirlariga ustuvor ahamiyat beramiz.

NAZORAT QILINADIGAN KELIB CHIQISH

O’z ishlab chiqarishimizdan uglerod chiqindilarini kamaytirish va mintaqaning ijtimoiy tuzilishini rivojlantirishda mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imkoniyat darajasida faqat mahalliy xom ashyo xarid qilishga intilamiz. Biz ishlab chiqaruvchini qo'shimcha qiymat bilan ta’minlash va urug'likdan tortib to tayyor mahsulotgacha ekstrakt ishlab chiqarishni to'liq nazorat qilish va kuzatish uchun kichik, integratsiyalashgan tarmoqlarni afzal ko'ramiz.

RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH

Bizning ishimiz ham insonga, ham atrof-muhitga hurmatni talab qiladi. Biz yoʻqolib borayotgan oʻsimlik turlari yoki jamiyatning koʻnikmalarini himoya qilishda murosaga kelmaymiz. Biz an'anaviy bilimlarga asoslangan ingrediyentlarni qo’llash usullariga patent bermaymiz (biz bioqaroqchilik bilan shug’ullanmaymiz), lekin biz samaradorlik sinovlarini o’tkazamiz va kosmetik ehtiyojlarni qondirish uchun ingrediyentlar kombinatsiyasi ustida ishlaymiz.

HALOL MUNOSABATLAR

Asosiy ingrediyentlarni olish uchun biz haqiqiy hamkorlik aloqalarini o'rnatamiz va iloji bo'lsa ushbu hamkorlikni o’z ishlab chiqaruvchilarimiz bilan ko'p yillik shartnomalar bilan mustahkamlaymiz. Ushbu shartnomalar xaridlarning minimal hajmini kafolatlaydi, bu esa mahsulotlarni uzoq vaqt davomida barcha tomonlar tarafidan kelishilgan narxda ishonchli sotilishini ta'minlaydi. Bizning hamkorlik munosabatlarining adolatli ekanligi Shimol-Janub tamoyili bo’yicha savdolarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ba'zi ta'minot zanjirlarimizning ayrimlari (karite yog'i, argan yog'i, apelsin gullarining gulli suvi) adolatli savdo tamoyillari bilan tasdiqlangan va biz xom ashyo sotib olish narxining bir foizini mahalliy rivojlanish loyihalariga xayriya qilamiz.

SIFAT

Yetishtirish, yig'ish, quritish va saqlash sharoitlari o'simlik materialining tozaligiga ta'sir qiladi. Sifat kafolati bizning analitik – tahlil bo’limimiz, sifat kafolati va huquqiy muvofiqlikni tartibga solish bo'limlari, shuningdek, joylardagi texnik hamkorlar ishtirokida tuzilgan spetsifikatsiyalar bilan kafolatlanadi. Bizning asosiy ingrediyentlarimiz asosan organik moddalardan olingan, bu esa kimyoviy qo'shimchalar yo'qligini kafolatlaydi.Yovvoyi holda o’suvchi o'simliklarni yig'ish ushbu o'simliklarning yaxlitligi va yashash muhitini himoya qilish uchun hosilni barqaror yig'ish tamoyillari bilan boshqariladi.

NAZORAT QILINADIGAN KELIB CHIQISH

INGREDIYENTLARNI YETKAZIB BERISHNI KUZATUVCHI 30 TA KANAL, 50 % HAMKORLAR ORGANIK SERTIFIKATLARGA EGA

HAMKORLAR

80 TA FERMERLAR BILAN TUZILGAN UZOQ MUDDATLI SHARTNOMALAR

TERIMCHILAR

10 000 TERIMCHI L'OCCITANE BILAN BIRGA ISHLAYDI

BO’ZNOCH – O’TSIMON O’SIMLIGINING HAQIQIY TARIXI

KORSIKADAN ORGANIK IMMORTEL

KARITE YOG'INING HAQIQIY TARIXI

BURKINA FASODAN KARITE YOG’I

L'OCCITANE yuqori sifatli, kuzatilishi mumkin bo'lgan, tabiiy ingrediyentlardan foydalanishga intiladi. Biz 200 dan ortiq botanika ingredientlaridan foydalanamiz, ularning to'rtdan biri organik sertifikatlangan, ularning samaradorligi va Sizning teringizga chiroy va sog'lom ko'rinish baxsh etish qobiiyatiga ko’ra sinchkovlik bilan tanlangan. Kompaniya imkoniyat darajasida tabiiy ingrediyentlarga muntazam ravishda ustunlik beradi. L'Occitane mahsulotlarini chinakamiga noyob qiladigan asosiy tabiiy ingredientlarimizni o’zingiz uchun kashf qiling. Provans Bodomlari, Burkina-Fasodagi karite yog'i – bularning barchasi va boshqa ko'plab ingrediyentlar muhabbat bilan yetishtirilgan!