Ingrediyentlar
L'OCCITANE mahsulotlarini yaratish uchun foydalaniladigan ingrediyentlar – bu kompaniyaustalari uchun haqiqiy ilhom manbalaridir. Bizning botanika glossariy formulalarimizda foydalaniladigan o'simliklar haqidagi 200 dan ortiq maqolalarni o’z ichiga olgan. Imkon darajasida, biz tabiiy ingrediyentlarga ustunlik berishga harakat qilamiz. Masalan, biz sintetik yog'lardan foydalanish o'rniga o'simlik moylarini ishlatamiz, chunki ular tana terisiga ko'proq mos keladi. O’zingiz uchun L'Occitane mahsulotlarini noyob qiladigan asosiy ingrediyentlarni kashf eting. Provans bodomlari, Burkina-Fasodadan karite yog'i - bularning barchasi va boshqa ko'plab ingrediyentlar tabiiy kelib chiqishga ega!

BODOM
Bodom o’zining terini oziqlantirish qobiliyati bilan mashhur. L'OCCITANE Frantsiya janubidagi bodomning ajoyib kuchidan foydalangan va ularni ajoyib jozibali va hayratlanarli darajada samarali bo'lgan tanani parvarish qilish mahsulotlari tarkibiga qo'shimcha qilgan.

QORA ARCHA
Tikanli qora archa quruq Provansal tog'lari yonbag'irlarida o'sadi. L'OCCITANE erkaklar terisini parvarish qilish va soqol olish ehtiyojlari uchun maxsus formulalar yaratish maqsadida qora archaning himoya xususiyatlaridan foydalangan.

SEDRAT
Cedrat mukammal erkaklar balansi uchun yangi, nozik, yengil, biroq shu bilan birganafis sitrus hidini taratadi. Erkaklar terisini parvarish qilishning kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun maxsus ishlab chiqilgan ushbu qatordagi barcha mahsulotlar Korsika sedratining organik ekstraktini o'z ichiga oladi.

OLCHA RANG
Olcha daraxti Provans landshaftining bir qismi hisoblanadi. U Apt mintaqasi, Lyuberonda keng tarqalgan va yil fasllari davomida ranglarini o'zgartirib, uni rassomlar uchun ilhom manbaiga aylantiradi.

IMMORTEL
L'OCCITANE hech qachon so'nmaydigan abadiy gul bo'lmish Korsikadan kelgan afsonaviy organik o'lmas o'simlikning ajoyib qarishga qarshi xususiyatlarini kashf etdi. L'OCCITANE laboratoriyalarida terini parvarish qilishning to'liq qatorini yaratadigan noyob formulalar tug'ildi.

LAVANDA
Lavanda qatoridagi tanani parvarish qilish uchun mo’ljallangan mahsulotlarning keng tanlovi sizni Provans dalalariga olib o’tib, nafis xushbo’y hidni taqdim etadi.

TOBULG’I
Reine des Prés fransuz tilidan "Yaylovlar malikasi" sifatida tarjima qilinadi. Ushbu nom Provans o'tloqlarida hukmronlik qiladigan ayolning nozik, ajoyib go'zalligi uchun sovg’a qilingan.

ARTISHOK

REOTYE MANBAIDAGI SUV
REOTYE bulog'ining suvi boshqa termal buloqlarning suviga qaraganda kaltsiyga 10 baravar boy!
O’z teringizga kuch va go’zallik qo’shimcha qiling!

ATIRGUL
Rosa Grassa, bolgar, marokash va turk atirgullari, birgalikda nozik mevali ranglarga ega Yuqori Provansning noyob atirgul ekstrakti bilan yaxshilangan ushbu qimmatbaho atirda birlashtirilgan.

KARITE YOG’I
Shea yog'i - go'zallikning ajoyib ingrediyenti bo’lib, u asrlar davomida Saxaradan janub tomon Afrika ayollari tomonidan teri va sochni oziqlantirish va himoya qilish uchun foydalanilgan.

TIZIMGUL
Provans so’qmoqlari bo'ylab o'sadigan barcha xushbo'y o'tlar orasida limonning yangiligi tana va aqlni jonlantirishga yordam beradigan bir o’t bor bu verbena - tizimgul.