Biologik xilma-xillikni-qadrlash

Biz Provans va Fransiya janubini sevamiz. Axir bu yerda bizning ildizlarimiz bor. Shuning uchun biz O'rta yer dengizi havzasining bioxilma-xilligini himoya qilish va rivojlantirishni xohlayotganimiz ajablanarli emas. Ushbu “bioxilmaxillik o’chog’i” dunyodagi eng boy ekotizimlardan biridir. Biz noyob atrof-muhitni muhofaza qilishga o’z hissamizni qo'shish niyatidamiz
Bizning bioxilma-xillik tahdid ostida!

Oxirgi 30 yil ichida dunyodagi marjon riflarining yarmidan ko'pi yo'q bo'lib ketdi.

O’simliklarning 12 000 turlari yo’q bo’lib ketish xavfi ostida.

1970 yildan beri umurtqali hayvonlarning soni ikki baravar kamaydi.
Bizning brend sifatidagi vazifamiz

BIZNING MAQSADIMIZ:
2025 YILGA KELIB 1000 TUR VA NAVDAGI O’SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH

O’zgartirishning ikki usuli:
1. Daladan tayyor mahsulotgacha kuzatilishi mumkin bo'lgan ingrediyentlardan foydalanishni kafolatlash.
2. To'siqlar va mevali bog'lar ekish yo’li bilan atrof-muhitni muhofaza qilish va organik fermerlikni qo'llab-quvvatlash.
Provans lavandasi tahdid ostida

Biz uni himoya qilish niyatidamiz
Lavandalar soni haqiqatan ham qisqarmoqda! Ushbu hamma uchun sevimli bo’lgan gul, Provansning haqiqiy ramzi, iqlim o’zgarishidan aziyat chekmoqda. 2012 yildan beri LOCCITANE lavandani saqlab qolish usullarini topish uchun Fransiyaning ekologik tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qiladi, ular orasida yangi navlarni seleksiyalash - tanlash va innovatsion texnik kultivatsiyadan foydalanish.
Reotye tarixi–tabiiy xazina
Va u shundayligicha qolishi kerak…
Reotye manbaining hayratda qoldiruvchi hududi himoyaga muhtoj. Biz bioxilma-xillik, landshaft, geologiya, shuningdek, ushbu joining fauna va florasini hisobga olgan holda tadqiqotlar olib borgan mutaxassislar bilan ishladik. Manbaning aql bovar qilmaydigan suvidan suv oqimi va atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan foydalanishni kafolatlash biz uchun muhim edi. Shuning uchun biz hech qachon yillik suv hajmining 0,04% dan ko'prog'ini yig'maymiz.

Mutaxassislar hamjamiyati
Biz o'simliklarni himoya qilishga bor kuchimizni qaratamiz
Bitta bosh yaxshi, lekin bir nechtasi undan ham yaxshiroq! Shu sababli, LOCCITANE Conservatoire Méditerranéen Partagé bilan yangi hamkorlik aloqalari o'rnatish va mintaqada yo'qolib borayotgan o'simlik turlarini o'rganish va ekishga yordam beradigan odamlar, tashkilotlar, muassasalar va ishlab chiqaruvchilar hamjamiyatini yaratishni maqsad qilgan. Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va rivojlantirishga qaratilgan loyihalar orqali biz o'simliklar xilma-xilligini saqlashga yordam berishimiz va kelajak avlodlar uchun yo'qolib qolmasligi uchun ushbu qimmatbaho xazinalarning saqlovchisi bo'lishimiz mumkin.

Biz Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi(IUCN) bilan hamkorlik qilamiz

Yerlarimiz biologik xilma-xilligini himoya qilish
Ba’zan, qachonki siz yordam berishni istasangiz, siga kichik ko’rsatmalar kerak bo’ladi... Qaysi ekotizimlar eng ko'p xavf ostida ekanligi va saqlashga muhtojligini aniqlash uchunIUCN, biz Fransuz qo’mitasi bilan birgalikda ishlaymiz. IUCN bizga bioxilma-xillikning eng dolzarb muammolarini aniqlashda yordam beradi, va biz xususiy va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish orqali bu bilan shug’ullanamiz. Shunday qilib, biz o’z sa'y-harakatlarimizni to'g'ri yo'lga qo'yishimiz mumkin!
