Ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash

Bizning ingrediyentlar, aniqrog’i, ularni ishlab chiqaruvchilar –LOCCITANE kompaniyasining asosi. Agar ularning mehnatsevarlig, aniq bir maqsadga intiluvchanligi va mahorati bo'lmaganda, biz bunday noyob haqiqiy kosmetik vositalarni yarata olmas edik. Bizning ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatlarimiz asosida muloqot, hurmat va ochiqlik yotibdi. Ayrim hamkorlarimiz bilan biz 30 yildan ortiq hamkorlik qilamiz!
ISHLAB CHIQARUVCHILAR FAOLIYATI TAHDID OSTIDA
AGAR HECH QANDAY CHORA KO’RMASAK, biz Fransiyada 400 va Yevropada 1200 fermani yo’qotamiz.
.

Brendning vazifasi

Bizning maqsadimiz:
2025 yilga kelib, ishlab chiqaruvchilarimiz bilan Adolatli savdo tamoyillari asosida hamkorlik aloqalari o‘rnatish.

Bunga erishish uchun biz ikkita asosiy nuqtaga e'tibor qaratamiz:
O‘zaro munosabatlarimizda shaffoflikni ta’minlash uchun fermerlar bilan yaqindan hamkorlik qilish.
2. Ingrediyentlarni yetishtirishda mas'uliyatli va barqaror yondashuvni kafolatlash.
ADOLAT SAVDO NIMA?
Adolatli savdo –bu barqaror narxlar va daromadlar, munosib mehnat sharoitlari, fermerlar va ishchilarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning o’z ishlab chiqarishlaridan adolatli ulush olishlarini kafolatlashdir. Bu ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilashga yordam berish, ularning o‘zlari va oilalari uchun barqaror kelajak qurish, shuningdek odamlar va sayyoramiz haqida g’amxo’rlik qilish.
ADOLATLI MUNOSABATLAR
ПРИНЦИПЫ
Adolatli t o'lov (adolatli narxlar va ish haqi)
2- Adolatli savdo (avans to’lash, uzoq muddatli shartnomalar)
3- Shaffoflik, hisobdorlik va hurmat (jamoaviy qarorlar qabul qilish, ta'minot zanjirining barcha darajalarida muhokama qilish)
4- Tegishli mehnat sharoitlari (vaqt, xavfsizlik va boshqalar)
5- Atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish (barqarorlik, energiya tejamkorligi)
6- Iste'molchilarning xabardorligini oshirish

L'OCCITANE DA ADOLAT

BIZNING HATTI-HARAKATLARIMIZ, BIZNING E’TIQODIMIZ
L'OCCITANE-da ishlab chiqaruvchilarimizni ekspluatatsiya qilish haqida gap bo'lishi mumkin emas! Biz imkoniyat darajasida eng yuqori adolatli narx to'laymiz va uzoq muddatli eksklyuziv bo'lmagan shartnomalarni imzolaymiz. Shu sababli, bizning ishlab chiqaruvchilarimiz barqaror daromadga ishonishlari mumkin, lekin ayni paytda boshqa hamkorlar bilan erkin savdo qilishlari ham mumkin. Zarurat tug’ilgan hollarda biz avans – oldindan to’lovlarni amalga oshiramiz. Biz oilaviy fermalarni, agar ularning egalari o‘z ishiga ishtiyoqli bo‘lsa va o‘z bilimlari va yerlarini keying avlodga o‘tkazishni istasa, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz ishlab chiqaruvchilarimizni shaxsan taniymiz va ular bilan yil davomida mahalliy sharoitlarda ishlaymiz.
IMMORTEL ISHLAB CHIQARUVCHILAR
UZOQ MUDDATLI SHARTNOMALAR ORQALI MUNOSABATLARNI MUSTAHKAMLASH
Hozirgi vaqtda biz Korsikada immortelning qimmatbaho gullarini yetishtirish, to’plash va efirmoylari olish uchun bir nechta ishlab chiqaruvchilar va distillyatorlar bilan ishlamoqdamiz. Immortel o’simligi Korsikada yovvoyi holda o'sadi, biroq ushbu yovvoyi o'simlikni yig'ish va foydalanish xavfli (va mantiqsiz!) bo'ladi. Shunday qilib, 2004 yilda biz Immortel ekish dasturini yo'lga qo'ydik. Va allaqachonoq 50 gektar ekdik! Biz Korsikadagi bir nechta ishlab chiqaruvchilar bilan ishlaymiz. Ular immortelni organik usulda yetishtiradilar, ularning LOCCITANE bilan shartnomalari esa bir necha yilga tuzilgan.

BODOM ISLAB CHIQARISH

PROVANSDA BODOM DARAXTINI TIKLAYMIZ
Bizning asosiy bodom yetkazib beruvchimiz LOCCITANE bilan bir necha yilga shartnoma tuzdi. Bizning yordamimiz tufayliu Provansdagi Valensol kommunasi - viloyatiga 15 000 dan ortiq daraxtlar ekdi. Biz nafaqat yaxlit bodom yong’oqlarini sotib olamiz; biz shuningdek maydalangan bodomdan ham foydalanamiz, aks holda uni tashlab yuborgan bo’lar edik. LOCCITANE - Provansda keng ko'lamli bodom daraxtlarini ekish bilan shug’ullanadigan Fransiya Amande fransuz tashkilotining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Muhim ko’rsatkichlar

28 ta kuzatilishi mumkin bo'lgan ta'minot zanjiri, ularning yarmidan ko'pi organikdir.

98 fermerlar va 10 000 dan ortiq teruvchilar

40 ta shartnoma, ulardan24 tasi bir necha yilga tuzilgan