Mablag‘larni qaytarish siyosati

Sifatli tovarlarni qaytarish


Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorining 1-ilovasi — O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati”ning 3-bandiga muvofiq zarur sifatdagi Attorlik-pardoz tovarlari qaytarilishi yoki almashtirilishi mumkin emas.


Sifatsiz tovarlarni qaytarish


Iltimos, buyurtmani olganingizdan so‘ng uni darhol va kuryerning huzurida oching. Tovarga zarar yetkazilgan taqdirda kuryerga shikoyat qiling, u sizning ishtirokingizda tovar yetishmovchiliklari yoki unga zarar yetkazilganiligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi.


Shuni esda tutingki, kuryerdan tovar qabul qilingandan so‘ng, tovarlardagi yetishmovchiliklar bilan bog‘liq da’volar qanoatlantirilmaydi.


Tovarda nuqsonlar aniqlansa, xaridor +998 97 495 15 51 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Toshkent shahri, Shevchenko ko‘chasi 30-uy manzili bo‘yicha sotuvchi bilan bog‘lanishga haqli.


Mijozning huquqlari O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Zarur sifatga ega bo‘lmagan mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan murojaat xarid qilingan kundan boshlab 5 kun ichida yuqoridagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi. Murojaatga haqiqatan ham sotib olganlik hamda sotib olingan sanani tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda Tovarning kamchiliklarini tasdiqlovchi fotosuratlar, shuningdek, Tovarning o‘zi ilova qilinishi kerak.


Sotuvchi tovarning sifatini tekshirish, shuningdek, nuqson sabablari to‘g‘risida nizo yuzaga kelgan taqdirda ekspertiza tashkil etishga haqli. Agar sifatni tekshirish va kerak bo‘lgan taqdirda, ekspertiza o‘tkazish natijalariga ko‘ra, sotuvchining ushbu kamchilik uchun javobgarligi isbotlansa, xaridorning da’vosi qanoatlantiriladi. Agar tekshirish natijasida hech qanday nuqson topilmaganligi yoki sotuvchi buning uchun javobgar emasligi aniqlangan bo‘lsa, xaridor sotuvchiga ekspertiza va transport xarajatlarini qoplashi shart. Agar tovarlarda nuqsonlar bo‘lsa yoki buyurtma qilinganiga mos kelmasa, sotuvchi qo‘shimcha haq undirmasdan, xaridor uchun qulay vaqtda, soat 10:00 dan 20:00 gacha tovarni o‘xshashiga almashtirish majburiyatini oladi. Xaridor, shuningdek, almashtirishni rad etishga haqli.


To‘lovni qaytarish tartibi


Agar Xaridor Tovar Xaridorga topshirilishidan oldin uni qabul qilishdan bosh tortsa, pul mablag‘lari Xaridor Tovarni qabul qilishdan bosh tortgan kundan boshlab 14 kalendar kun ichida, Xaridor Tovar uchun o‘tkazgan to‘lov turida Haridorga qaytariladi. Bunda Tovarni Xaridorga yetkazib berish narxi hisobga olmaydi.


Agar Xaridor to‘lovi Tovarni topshirish vaqtida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan Tovarni Xaridorning mulkiga o‘tkazilgunga qadar rad etsa, Xaridor Tovarni Xaridorga yetkazib bergan Kuryerga yetkazib berish xarajatlarini to‘lash majburiyatini oladi.


Xaridorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Tovarlarda nuqsonlar aniqlangan va Sotuvchi Tovarni almashtira olmagan taqdirda, pul mablag‘lari Tovarning nuqsoni aniqlangan kundan boshlab 14 kalendar kun ichida Xaridor tovar uchun to‘lagan uslubda Xaridorga qaytarib beriladi. Agar to‘lov buyurtmani olgandan keyin kuryerga naqd pulda to‘langan bo‘lsa, Tovar Xaridor bilan oldindan kelishilgan holda nuqson aniqlangan kundan boshlab 14 kun ichida qaytarib beriladi.