
ПОСМОТРЕТЬ ДРУГИЕ КАТЕГОРИИ
Tavsif
Afzalliklari:
Terini oziqlantiradi, yumshatadi va to‘siq funksiyasini saqlaydi
Teri rangini tiniqlashtirishga va unga bir xillik berishga yordam beradi
Teri tarangligi va elastikligini yaxshilaydi
Teri to‘sig‘ini mustahkamlashga yordam beradi, erta qarishga qarshi antioksidant
Qo’llash doirasi
Balzamni kaftlar orasida qizdiring, so‘ngra yengil uqalovchi harakatlar bilan tana terisiga surting, bunda dekolte sohasi, qo‘llar, sonlar va qoringa alohida e’tibor bering.
Natijaga tezroq erishish uchun muolajani har kuni takrorlang.
Tanani yoshartiruvchi Karite-Immortel balzami so‘lishning ko‘zga ko‘rinadigan belgilarini kamaytiradi, shuningdek, terini ajoyib tarzda oziqlantiradi, yumshatadi va namlaydi. Mahsulot formulasi ikkita afsonaviy tarkibiy qismning xususiyatini birlashtiradi: ozuqaviy xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan Karite yog‘i va yoshartiruvchi ta’siri uchun sevimli bo‘lgan Immortel efir moyi.
Tana uchun balzam terining tarangligi, tonusi va elastikligini yaxshilashga qaratilgan qarishga qarshi ta’sirga ega.
Balzamning hashamatli, qaymoqsimon tuzilishi oson so‘riladi, terida qulaylik hissi va chuqur, sezgir, gul-meva iforini qoldiradi.
Atigi bir oy ichida teri sezilarli darajada silliq, elastik va cho‘ziluvchan bo‘lib, uning tuzilishi va rangi tekislashadi.
97 foiz tabiiy ingredientlar.
Yuqori nota
Moychechak, Galbanum, Nok
Yurak notasi
Shuvoq, Jasmin, Atirgul
Asosiy nota
Pachuli, Mushk, Binafsha
Ingrediyentlar
Tanlangan ingrediyentlar
-
IMMORTEL EFIR MOYI
L'Occitane en Provence Korsikadan keltirilgan ushbu efir moyining haddan tashqari zo’r antioksidant va yoshartiruvchi xususiyatlarini kashf etdi. U teri tarangligini yo’qotish bilan kurash olib boradi va yangi ajinlar paydo bo’lishini kamaytiradi. -
ORGANIK KARITE MOYI
Yog’ kislotalariga boy karite moyi har tomonlama mukammal kosmetik ingrediyent hisoblanadi, ushbu moydan asrlar bo’ylab ayollar Afrikadan Sahroi Kabirning janubigacha teri va sochlarni oziqlantirish va himoya qilish uchun foydalanganlar. L'Occitane karite yog'i mahsulotlarining xalqaro muvaffaqiyati Burkina-Fasodagi karite yog'ini yetkazib berish zanjirini barqaror va adolatli rivojlantirishga intilgan bir necha minglab ayollar bilan bo'lishish mumkin.
Ingrediyentlar ro‘yxatini ko‘rish (INCI ro‘yxat)
AQUA/WATER - DECYL GLUCOSIDE - HELIANTHUS ANNUUS (SUNFLOWER) SEED OIL - BUTYROSPERMUM PARKII (SHEA) OIL - GLYCERIN - PARFUM/FRAGRANCE - XANTHAN GUM - ACRYLATES/C10-30 ALKYL ACRYLATE CROSSPOLYMER - CITRIC ACID - SODIUM HYDROXIDE - TOCOPHEROL - SODIUM BENZOATE
Mukammal parvarish marosimi
Teri tonusi va elastikligini qaytarishga qaratilgan qarishga qarshi ta’sirga ega terini parvarishlash vositalari