
Bizning formulalar nimalardan iborat?
“ SIZ BILAN VA DUNYO BILAN MUNOSABATLARIMIZ ”
L’Occitane en Provence mahsulot hayotiy siklining barcha bosqichlarida atrof-muhitga ta'sirni cheklash orqali o'z mijozlarining xavfsizligiga doimo sodiq bo'lgan va doimo shunday bo'ladi. Shuningdek, biz iste'molchilarimizga mahsulotlarimiz samaradorligini kamaytirmasdan teksturalar, xushbo’y hidlar va rituallar orqali ajoyib hissiy tajribani taklif qilishimiz bilan mashhurdirmiz.
DARAJALAR

3-DARAJA: TOZALIK XARTIYASI L'OCCITANE
Yuvilmaydigan tarkib: tabiiy kelib chiqqan ingrediyentlar > 95%
Yuviladigan tarkib: tez parchalanadigan ingrediyentlar > 95%
Maksimum 1 marta o’rtacha foydalaniladigan ingrediyent
2-DARAJA: FORMULALAR ISHLAB CHIQISH STANDARTLARI L'OCCITANE
Biz tabiiy ingrediyentlarga ustunlik beramiz
O’rtacha foydalaniladigan ingrediyentlar: har doim alternativ qidiramiz
Taqiqilangan ingrediyentlar: atrof-muhit, salomatlik yoki etik sabablar bilan bog’liq ingrediyentlar.
1-DARAJA: XALQARO NORMALAR
Bozordagi har bir kosmetik mahsulot uchun xalqaro qoidalarga muvofiqlik.
1-DARAJA: XALQARO NORMALAR
Biz mahsulotlarimizning xavfsizligi va samaradorligiga intilamiz va butun dunyo bo'ylab barcha qoidalarga, shu jumladan bugungi kunda dunyodagi eng qat'iy bo'lgan Yevropa Ittifoqining kosmetika qoidalariga to'liq javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqaramiz. Har kuni 30 kishidan iborat jamoa mablag'larimiz xavfsizligini ta’minlash va ularning belgilangan normalarga muvofiqligi ustida mehnat qiladilar. Ish loyihalashtirish bosqichida boshlanadi va vositalarning butun hayotiy sikli mobaynida davom etadi.
2-DARAJA: FORMULALARNI ISHLAB CHIQISH STANDARTLARI
Biz o’zimiz haqimizda qanda yg’amxo’rlik qilamiz?
Tabiat va odamlarga bo'lgan qat'iy ishonchimiz bizni formulalar uchun o'z standartlarimizni ishlab chiqishga olib keldi. Biz nafaqat me'yoriy talablarga rioya qilamiz, balki o’z retseptlar tanlovimizni dunyo bilan ochiq baham ko'ramiz. Biz o'zimiz tanlagan ingrediyentlarni, me'yorida ishlatadigan va doimiy ravishda tabiiyroq va barqaror alternativlarni qidirayotganimiz va umuman ishlatmaslikni tanlagan ingrediyentlarni aniq oshkora qilamiz.

XAVFSIZLIK
Biz mahsulotlarimizni dermatologik va oftalmologik nazoratdan foydalangan holda turli xil soch va teri turlarida, shu jumladan sezgir bo'lganlarda sinovdan o'tkazamiz. Barcha mahsulotlarimiz 100% qattiq sinovdan o'tadi, ya'ni har bir mahsulot uchun 800 dan ortiq ilovalar. Biz mahsulotlarimizni bozorga chiqarilishdan oldin ishlab chiqaramiz va sifatini nazorat qilamiz hamda eng qat'iy xalqaro sifat standartlari va me'yoriy talablarni qo'llaymiz. Iste'molchilar xavfsizligi har doim bizning ustuvor vazifamiz bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi.

SAMARADORLIK
Bizning komponenetlarimizning samaradorligi in vitro laboratoriya sinovlari va eng zamonaviy prognozlashtirish usullari bilan tasdiqlanadi. Biroq, biz ularni har doim iste'molchi testlari va in vivo klinik tadqiqotlar bilan to'ldiramiz. Biz yiliga 600 ga yaqin samaradorlik testlarini o'tkazamiz. Bizning klinik tadqiqotlarimiz mustaqil shifokorlar (dermatologlar, oftalmologlar va pediatrlar) tomonidan olib boriladi. Ular dermatologik tekshiruvlarni real sharoitlarda qo'llaydilar yoki ko'ngillilar guruhlarida instrumental o'lchovlarni amalga oshiradilar.

SEZGIRLIK
Biz, shuningdek, to'qimalarimiz, xushbo’ hidlarimiz va rituallarimiz orqali ajoyib hissiy tajribalarimiz bilan mashhurmiz va biz eng innovatsion sensorli mahsulotlarni tekshirishda davom etamiz. 200 ga yaqin sezgi hissiyotlari bo’yicha ekspertlar yangi formulalarimizning xushbo'yligi, tuzilishi va tashqi ko'rinishini baholash uchun o'qitilgan, bu bizga iste'molchilar kutgan sezgi xususiyatlariga erishishga yordam beradi.

AFZAL INGREDIYENTLAR
Нашим выбором ингредиентов всегда были и будут ингредиенты природного происхождения, такие как цветочная вода, экстракты растений и эфирные масла. Мы отдаём предпочтение тем, которые обладают высокой биоразлагаемостью. Благодаря нашему обширному опыту с ними мы укрепляем связь с нашим прованским наследием.

BIZ O’RTACHA FOYDALANADIGAN KOMPONENTLAR
Tabiiy formulalarning samaradorligi va sezgirligini barqarorlashtirish yoki yaxshilash bizning sohamizda kata muammo hisoblanadi. Garchi biz doimo ushbu mahsulotlarni almashtirish uchun tabiiy va ekologik muqobillarni izlayotgan bo'lsak-da, biz hali ham ularni ba'zi formulalarimizda me'yorida saqlashimiz kerak va faqat toksikologik ekspertlarimiz tomonidan sinchkovlik bilan baholash va chidamlilik testlaridan keyingina almashtirishimiz mumkin.

BIZ FOYDALANMAYDIGAN KOMPONENTLAR
Parabenlar, ftalatlar va hayvon moddalari kabi munozarali ingrediyentlar, garchi regulyatorlar tomonidan ruxsat etilgan bo'lsa-da, ularning atrof-muhitga potensial ta’siri, sog'lig’i yoki axloqiy sabablar tufayli formulalarimizda taqiqlangan.

Yuvilmaydigan mahsulotlar haqida gap ketganda, biz Tozalik Xartiyasining chegarasi sifatida tabiiy kelib chiqqan ingrediyentlar foizini birinchi o'ringa qo'yamiz.

Yuviladigan mahsulotlar haqida gap ketganda, biz Tozalik Xartiyasining chegarasi sifatida biologic oson parchalanadigan ingrediyentlar foizini birinchi o'ringa qo'yamiz.

TABIIYLIK VA BIOLOGIK PARCHALANISH
Tozalik Xartiyasidagi bizning barcha formulalarimizda yuvilmaydigan mahsulotlar uchun kamida 95% tabiiy kelib chiqqan ingrediyentlar va yuviladigan mahsulotlar uchun kamida 95% oson biologik parchalanadigan ingrediyentlar mavjud.

QO’SHIMCHA TAQIQLANGAN INGREDIYENTLAR
Biz barcha L'Occitane mahsulotlarida taqiqlangan 14 ta bahsli ingrediyentlarga nisbatan qo'shimcha ravishda, bizning Tozalik Xartiyamiz bizning formulalarimizni ta'kidlab ko’rsatadi, ushbu formulalarda biz o'rtacha darajada foydalanadigan ba'zi ingrediyentlarni tabiiy va ekologik alternativlar - muqobillari bilan almashtirishga muvaffaq bo'ldik:
KONSERVANTLAR: fenoksietanol va poliaminopropilbiguanid, shuningdek PNMV deb nomlanadigan -
SENSOR AGENTLAR: Siklosilikonlar
UB-FILTR: etilgeksilmetoksitsinnamat
KO’PIK: laurilsulfat natriy, shuningdek SLS debnomlanadiganlar.

O'RTACHA INGREDIYENTLARDAN FOYDALANISHNI CHEKLASH
Sizning xavfsizligingiz va sayyoramiz xavfsizligini kafolatlash uchun * kerakli miqdorda va bizning toksikologik ekspertlarimiz va chidamlilik testlari tomonidan sinchkovlik bilan koʻrib chiqilgan Tozalik Xartiyasi formulalarimizda birdan ortiq oʻrtacha foydalaniladigan ingrediyentlarni topa olmaysiz.
Mahsulotlarimizning sezgirligi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan aromatizatorlar va allergenlar bundan mustasno: barcha aromatizatorlar bizning formulalarimizga to'g'ri dozada kiritilgan, va allergenlar tabiiy ravishda ularda yoki o'simlik ekstraktlarimizda mavjud.