L'Occitane korporativ sovg‘alari
L’Occitane korporativ sovg‘alari — bu xodimlar, hamkorlar va mijozlarga minnatdorlik bildirish uchun ayni muddao bo‘lgan, yuqori sifatli terini parvarish qilish vositalaridan iborat tayyor yoki maxsus tanlab yig‘ilgan to‘plamlardir. Ular Yangi yil, Xalqaro xotin-qizlar kuni (8-mart), kompaniya yubileylari, mijozlarga ehtirom ko‘rsatish yoki boshqa har qanday korporativ tadbirlar uchun ajoyib tanlovdir.
Mahsulotlarni tanlash, qadoqlash va to‘plamlarni tayyorlash ishlarini biz o‘z zimmamizga olamiz; sizdan faqat kerakli miqdorni va byudjetni belgilash talab etiladi, xolos.
Buyurtma qanchalik katta bo‘lsa, shartlar shunchalik qulay bo‘ladi:
15 000 000 so‘mdan boshlab → 10%
40 000 000 so‘mdan boshlab → 20%
Chegirma butun buyurtma bo‘yicha yakuniy hisob-kitob qilinayotganda avtomatik tarzda qo‘llaniladi.
Tayyor to'plamlar yoki o'zingizning shaxsiy to'plamingiz
Agar tayyor to‘plamlar orasidan o‘zingizga ma’qulini topa olmasangiz, biz quyidagilarni taklif qila olamiz:
- byudjetingiz va didingizga mos keladigan maxsus to‘plam tuzish;
- mavjud to‘plamdagi bir yoki bir nechta mahsulotni boshqasiga almashtirish;
- sizga kerak bo‘lmagan mahsulotlarni olib tashlash va umumiy narxni shunga mos ravishda qayta hisoblash.
Qanday qilib buyurtma berish mumkin:
Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki korporativ sovg‘alarga buyurtma berish uchun jamoamizga murojaat qiling:
Email: K.Ninikina@bd-beauty.uz
Telegram: @Ninikina_K
Biz buyurtma tafsilotlarini aniqlashtiramiz, byudjetingizga mos keladigan sovg‘a to‘plamlarini taklif etamiz hamda chegirmalarni hisobga olgan holda yakuniy narxni belgilab beramiz.