Muhim mayda-chuydalar
Chiqindilarni qaytadan ishlash dasturida qatnashing!
Magazinga har qanday kosmetik vositadan bo’shagan qadoqni olib keling,
va birinchi keltirilgan qadoqdan sovg’a oling. To’plangan qadoqlar qaytadan ishlov berishga yuboriladi.
Shundayqilib, biz sayyoramizni saqlab qolamiz va plastic va kartonga ikkinchi hayotni beramiz!
🏠Qadoqlar T.Shevchenko va A.Temur ko’chalaridagi filiallarda qabul qilinadi 🏠
♻️ Dastur 25-yanvardan ishga tushadi♻️
Qanday qilib ishtirokchiga aylanish mumkin?
Qaytadan ishlash uchun nimani olib kelish kerak?
Qattiq plastik
Dasturda har qanday brendlarning kosmetik vositalaridan olingan qadoqlar qatnashadi. Qadoq tubidan quyidagi markirovkali uchburchak belgini qidiring ♻️PET1 | ♻️HDPE2 | ♻️PP5
Karton va qog’oz
Dasturda har qanday brendlarning kosmetik vositalaridan olingan qadoqlar qatnashadi.
Muhimi: karton va qog’oz quruq va toza bo’lishi kerak.
Siz buning uchun nima olasiz?
Siz qadoqni faqat TO’LIQ HAJMDA olib kelsangizgina mukofot olasiz. Sovg’a variant siz olib kelgan to’liq hajmdagi qadoqlar soniga bog’liq bo’ladi.
Agar siz istagan sovg’angizni olish uchun qadoqlar to’plashni xohlasangiz, bu haqda konsultantga ayting. U sizni jamg’arma dasturiga kiritadi.
Muhimi: qaytadan ishlash punkti plastik qadoqni qabul qilsin, asosiysi, uning ichida hech narsa qolmagan bo’lsin.
Agar qadoqda yog’ mahsulotlari (sut, krem va boshqalar) bo’lsa, plastik qadoqni topshirishdan oldin yuvib tashlash kerak.
Nima uchun bu muhim?
Hashar Week loyihasi asoschisi Alina O’zbekiston allaqachonoq qanday ekologik muammolarga duch kelganligi va nima uchun endi ularni e’tiborsiz qoldirish mumki nemasligi haqida hikoya qiladi
Bu sayyoraga qanchalik darajada yordam beradi?
«Muhim mayda-chuydalar» dasturi doirasida to’plangan barcha plastik va makulatura qaytadan ishlashga yuboriladi. Bu ikki sababga ko’ra foydali:
1. Qadoqlar chiqindilar poligoniga yuborilmaydi va tuproq, suv va havoni ifloslantirmaydi;
2. Qadoq o’rami qaytadan ishlanadi va yangi tovarlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish uchun xarajatlar tejaladi va CO2 ajralib chiqish hajmi kamayadi.
Qaydi qadoq o’rami «Muhim mayda-chuydalar» dasturida qatnashmaydi?
Afsuski, O‘zbekistonda hamma qadoqlar ham qayta ishlanmaydi. Shuning uchun biz quyidagi qadoqlash materiallarini qabul qila olmaymiz:
— Metall
— Shisha
— PET1, HDPE2, PP5 turkumiga mansub bo’lmagan plastik
— Yumshoq plastik
— Sellofan
«Muhimmayda-chuydalar» dasturida quyidagi turdagi mahsulotlar o’rami ishtirok etmaydi:
— Oziq-ovqat mahsulotlari
— Dorilar
— Maishiy kimyo
— Kanstovarlar
Va «Kosmetika» turkumiga mansub bo’lmagan boshqa mahsulotlar o’rami.