2026-YILGI ADVENT TAQVIMI UCHUN OLDINDAN BUYURTMA
Dekabrning har tongida L’Occitane en Provence kosmetik advent-taqvimi Uyning qiziqish uyg‘otish va kutilmagan sovg‘a zavqini ulashishga qaratilgan eng afsonaviy xazinalaridan ba’zilarini taqdim etadi.
Yuz va tana parvarishi vositalari, qo‘l kremlari, soch parvarishi vositalari hamda iforlar Provans tabiatidan ilhomlangan go‘zallik marosimida birlashadi va ulardan Yangi yilga qadar kun sayin bahramand bo‘lish mumkin.
Yuqori Provansda mehmondo‘stlik — maftun etish san’ati. Advent-taqvimlarimizning har bir darchasi afsonaviy xazinani ochib, bayramoldi teskari sanoqni kundalik hayrat lahzasiga aylantiradi.
Advent-taqvim — Prestige Edition
OLDINDAN BUYURTMA "Prestige" advent taqvimi 2026
Адвент-календарь - Classic Edition
2026-yilgi klassik advent taqvimiga oldindan buyurtma
Nima uchun kosmetik advent-taqvim tanlov uchun ayni muddao?
Kosmetik advent-taqvimni tanlash orqali siz butun dekabr davomida o‘zingizga kundalik halovat lahzalarini va shaxsan o‘zingiz uchun biroz vaqt tuhfa etasiz. Kosmetik advent-taqvimlarimizning har bir darchasi ortida teri parvarishi yoki go‘zallik uchun kutilmagan sovg‘a — aksariyat hollarda sinov shaklida — yashiringan bo‘lib, bu ularni yangi parvarish marosimlarini kashf etishning ideal usuliga aylantiradi. Bu go‘zallik shaydolari va butun oila uchun — xoh ayollar, xoh erkaklar bo‘lsin — Yamgi yil hadyasi sifatida o‘ziga xos g‘oya, shuningdek, Yuqori Provans mintaqasining tajribasi va bilimlari asosida yaratilgan, his-tuyg‘ularni uyg‘otuvchi kosmetik vositalar olamini kashf etishga chorlovdir.
L’Occitane Yangi yil taqvimlari ichida nimalar bor?
Kosmetik advent-taqvimlarimiz turli xil mahsulotlar, jumladan, yuz uchun kremlar va zardoblar, dush gellari va xushbo‘y tana parvarishi vositalari, qo‘l kremlari hamda soch parvarishi vositalaridan iborat. Xushbo‘y iforlar va go‘zallik udumlarining uyg‘unligi tufayli ularni iforli advent-taqvimlar deb ham atash mumkin — ularda kundalik parvarishingiz uchun mo‘ljallangan vositalar bilan bir qatorda sarxil iforli ijod namunalarimiz ham jamlangan.
Har bir darcha ortida Brendimizning dekabr oyidan keyin ham sizga quvonch ulashish uchun yaratilgan afsonaviy durdonalari yashiringan. Bu yil taqvim ikki xil — «Classic» va «Prestige» talqinlarida taqdim etilgan: 2026-yilgi advent-taqvimlarimiz bilan tanishing va o‘zingizga eng mos keladigan bayramona taqvimni tanlang.
Kosmetik advent-taqvimdan qanday qilib qayta foydalanish mumkin?
Qayta ishlanadigan kartondan tayyorlangan kosmetik advent-taqvimlarimizga bayramlar tugagandan so‘ng yangi hayot bag‘ishlash mumkin. Taqvimingizni pardoz vositalari yoki taqinchoqlar saqlanadigan qutiga aylantiring va undan yil davomida foydalaning. Bu uning xizmat muddatini uzaytirishning oqilona usuli bo‘lib, bizning yuqori mas’uliyat bilan kosmetika yaratishga bo‘lgan intilishimizga hamohangdir.
Yangi yil sovg‘alari uchun g‘oya qidiryapsizmi?
Bayram sehrini uzaytirish uchun Yangi yil sovg‘a to‘plamlarimiz, yuz va tana parvarishi to‘plamlari hamda mo‘jaz bayram syurprizlari bilan tanishing. Hayratlanarli lahzalarni tuhfa etish va har bir sovg‘ani sehrga to‘ldirish uchun yaratilgan afsonaviy durdonalar hamda cheklangan turkumlar to‘plamidan tanlab, Yuqori Provans mahoratini hadya eting.