
YOZDAN KEYINGI TIKLANISH
Yoz tugagandan keyin sochlar, teri va ko'z atrofidagi nozik terining go'zalligini qanday saqlash kerak? Yozdan bahramand bo'lish - bu haqiqiy baxtdir, lekin bu sizning tanangizga ta’sir ko’rsatadi. Dengiz suvi, quyosh, qum yoki hatto konditsioner bo'lsa, siz hatto katta o'zgarishlarni sezmaysiz. Quyosh ta'siri ostida teringiz, ayniqsa, yuzingizda qo'pol va quruqroq bo'ladi, sochlaringiz esa mo'rt va zaif bo'lib qoladi.
Yuz terisining tabiiy to'sig'ini tiklang
Yuzingizdagi teri tabiiy himoyaga ega: gidrolipid to'sig'i. Bu yuzingizni nam va sog'lom saqlashga yordam beradi, biroq uzoq vaqt davomida quyoshda bo’lish unga zarar yetkazishi mumkin. Teringizga tabiiy to'siqni tiklashga yordam berish uchun haftada ikki marta ushbu oddiy odatni bajaring:
1. Quyidagi vosita yordamida makiyajni tozalang
2. Surting
3. Dushdan keyin Shi moyli yuz uchun kremni yengil qilib surting

Ko'z atrofidagi teriga e'tibor bering
80% teri qarishi quyosh ta’siri ostida sodir bo’ladi
Ayol terisi tabiiy ravishda yupqaroq bo'ladi, ayniqsa ko'z atrofida. Qimmatbaho teringizni oziqlantirish va erkalash uchun yog'li ingrediyentlarga boy formulali mahsulotlarni tanlang. Biz ko’z atrofidagi teri uchun lohiy Immortel kremini tavsiya qilamiz, ushbu krem ajinlarni tekislash, qora doiralardan xalos bo’lish va shishishni kamaytirishga yordam beradi.
Charchagan ko'zlarni bo'shashtirish va ularga yorqin, yosh ko'rinish berish uchun siz quruq teriga yoki ko'zga krem surtganingizdan keyin bo’shashtiruvchi ko'z massajini qilishingiz mumkin.
Ovqatlanish bo’yicha maslahatlar
BIZ NIMA YEGANIMIZNI BILIB OLISH MUMKIN
Bu haqiqat, biz nima yeganimizni bizga qarab bilib olish mumkin. Shunday qilib, biz qanchalik yaxshi ovqatlansak, shunchalik yaxshi ko'rinamiz. Erkin radikallar bilan kurashish va ichki go'zalligingizni ochib berish uchun ozuqaviy moddalarga boy mahsulotlarni iste'mol qilishni unutmang. Beta-karotinga boy sabzi yoki shirin kartoshka kabi mahsulotlar teringizning pH balansini boshqarishda yordam beradilar, bu esa uning haddan tashqari quruq yoki yog’liligining oldini oladi, shu bilan birgalikda antioksidantlarga boy ko’k choy yoki sitruslar kabi mahsulotlar sizning teringizda kollagen ishlab chiqarilishida yordam beradi, bu esa teri yanada tarang va silliq bo’lishiga olib keladi. Har doimgidek, bu tez ta’sir ko’rsatish formulasi emas: haqiqiy o'zgarishlarni ko'rish uchun ushbu o'zgarishlarni muntazam ravishda kiritishingiz kerak.

Zaif va sinuvchan sochlarni tiklash
Yozda sochlar yanada kuchliroq shikastanadi.
Dengiz tuzi, xlor, konditsioner va qum–bularning barchasi sochning quruqligiga yordam beradi. Qachonki sochlar shikastlansa, ular quruq bo’ladi va elastikligini yo’qotadi, bu esa sinuvchanlikka olib keladi.
Yog’li sochlarni tinchlantiring
O’Z SOCHLARINGIZNI HIMOYA QILING
Agar to'g'ri parvarish qilinmasa, quruq sochlar yog'li bo'lib qolishi mumkin, chunki sizning bosh teringiz muntazam ravishda yog' ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, shampunlashdan oldin soch yog'ini ishlatib, sochni haddan tashqari quritishdan himoya qilish juda muhimdir.
Karite yog'i kabi tabiiy namlovchi faol ingrediyentlardan iborat yog'ni sinab ko'ring. Sochning yog'lilik darajasini nazorat qilish uchun sochni tozalashni teskari tartibda ham sinab ko'rishingiz mumkin.
Terini qanday parvarish qilish va yozdan keyin oftobdan qorayishni qanday saqlash kerak
Oftobdan qorayganingizni uzaytiring
Ko'pincha jozibali va havas qilsa arziydigan deb hisoblanadigan oftobda qoraygan teri aslida teringizning quyosh nuriga reaksiyasi hisoblanadi. Melanotsitlar - melanin ishlab chiqaradigan teri hujayralari, terimizni qoraytiradigan pigment - quyosh ta'sirida kuchyadi, bu esa bizga oftobda qoraygan rang beradi.
Tarang teri uchun go’zallik muolajalari
NAMLANTIRISHDAN OLDIN TERINI TOZALASH
Teri hatto oftobda qoraygandan keyin ham nam va elastic holda qolishi uchun namlamtirishdan oldin uni tozalash kerak. Teri o’zini yoqimli his qilishi uchun to’yintirilgan yog'li skrabni tanlang. Mana buni haftasiga ikki marta qanday qilish kerak:
1. Dushda skrabni butun badan bo’ylab aylanma harakatlar bilan yuqoridan pastga qarab surting.
2. Yuvib tashlang va foydalaning dush uchun bodom moyi, terini tozalash va uning namligini saqlash uchun.
3. Dushdan keyin darhol oziqlantiruvchi moy surting.
4. 100% tabiiy afzallikka ega bo’lish uchun 100% organik karite yog’i bilan muolajani yakunlang.
Aromaterapiyani sinab ko’ring
Hissiyotlar va afzalliklari
Bizning hid bilish qobiliyatimiz miyamizning xotira va his-tuyg'ular uchun mas'ul bo'lgan bo’limlari bilan bevosita bog'liq bo'lgan yagona sezgidir. Shunday qilib, hidlar juda kuchli terapevtik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin, chunki ular bizning aqlli ongimizni chetlab o'tadi. Aromaterapiya – bu aqlni tinchlantirish va yarashtirish uchun efir moylaridan foydalanish san'ati. Bu ko'pincha efir moylari bilan diffuzor yordamida amalga oshiriladi.
Uni ofisingiz yoki uyingizda o'rnating va kayfiyatingiz va didingizga mos keladigan qaysi hidni sezishni xohlaysiz, tanlang. Siz yengil xotirjamlikni his qilasiz.