
ПОСМОТРЕТЬ ДРУГИЕ КАТЕГОРИИ
Tavsif
Afzalliklari:
Bosh terisi muvozanati buzilishining 6 ta belgisini kamaytiradi: qichishish - sanchish - namlik - qizarish - bosh terisining yog‘liligi. Bosh terisidagi qichishish va noqulaylik hissini yo‘qotadi. Sochlarning sog‘lom ko‘rinishini ta’minlaydi, bosh terisini yumshoq tozalaydi va tinchlantiradi. Bosh terisi ekotizimini muvozanatlaydi va himoya qiladi.
Qo’llash doirasi
Ozgina miqdordagi vositani kaftingizga quying va yengil uqalovchi harakatlar bilan nam bosh terisi va sochlarga surting, so‘ngra yuvib tashlang. Mikrotsirkulyatsiyani faollashtirish uchun bosh terisini barmoq uchlari bilan yengil uqalang.
Ushbu mitsellyar shampun bosh terisining tabiiy muvozanatini saqlaydi va sochlarga sog‘lom ko‘rinish beradi. Limon, apelsin, rozmarin, moychechak va lavanda PDO efir moylari bilan boyitilgan ushbu shampun sochlarga yengillik va xushbo‘y hid beradi, shuningdek, uzoq muddatli elastiklik va yaltiroqlikni ta’minlaydi. Yengil, suyuq tuzilma noyob hislarni beradi, nafis ifor esa tuyg‘ularni uyg‘otadi.
*Sulfatsiz ko‘pik hosil qiluvchi.
Barcha turdagi sochlar uchun sulfatlar va silikonsiz, tez-tez ishlatishga mo‘ljallangan mitsellyar shampun sochlarni ehtiyotkorlik bilan yuvadi va bosh terisi ekotizimini saqlashga yordam beradi.
Ingrediyentlar
Tanlangan ingrediyentlar
-
LAVANDA EFIR MOYI
Ushbu efir moyi o’zining tinchlantiruvchi va tozalovchi xususiyatlari bilan mashhur, tinchlantiruvchi xushbo'yligi bilan juda mashhur. -
KELIB CHIQISHI TABIIY BO’LGAN PREBIOTIK
Teriga sog’lom va chiroyli ko’rinish baxsh etib, terining tabiiy balansini qo’llab -quvvatlashga yordam beradi. -
NAFIS VA BALANSLASHGAN KOKTEYL
Limon, apelsin, rozmarin, moychechak, lavandaning 5 ta efir moyidan iborat kokteyl. Ularning barchasi o’zlarining balanslashgan bosh terisi uchun tiklovchi va tinchlantiruvchi xususiyatlari bilan mashhur.
Ingrediyentlar ro‘yxatini ko‘rish (INCI ro‘yxat)
AQUA/WATER - SODIUM COCOYL ISETHIONATE - DECYL GLUCOSIDE - COCO-GLUCOSIDE - COCO-BETAINE - GLYCERIN - CAPRYLYL/CAPRYL GLUCOSIDE - FRUCTOOLIGOSACCHARIDES - BETA VULGARIS (BEET) ROOT EXTRACT - LAVANDULA ANGUSTIFOLIA (LAVENDER) OIL - ANTHEMIS NOBILIS FLOWER OIL - CITRUS AURANTIUM DULCIS (ORANGE) PEEL OIL - CITRUS LIMON (LEMON) PEEL OIL - ROSMARINUS OFFICINALIS (ROSEMARY) LEAF OIL - PANTHENOL - CITRIC ACID - GUAR HYDROXYPROPYLTRIMONIUM CHLORIDE - POTASSIUM LACTATE - LACTIC ACID - SODIUM BENZOATE - PARFUM/FRAGRANCE - HEXYL CINNAMAL - GERANIOL - CITRONELLOL - COUMARIN - ALPHA-ISOMETHYL IONONE - BENZYL SALICYLATE
Mukammal parvarish marosimi
Sochlaringiz yaltirashi uchun to‘liq marosim