Chiqindilar sonini qisqartirish
Zamonaviy dunyoda har qanday mas'uliyatli kompaniya chiqindilarni qisqartirish va atrof muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish uchun hamma narsani qilishi kerak. Sayyoramizning kelajagi bizning bugungi xatti-harakatlarimizga bog'liq! Bir necha yillar davomida L'OCCITANE chiqindilarni kamaytirish, qayta foydalanish va qayta ishlash usullariga e'tibor qaratdi, ammo biz bundan ham ko'proq narsani qila olamiz. Va biz buning ustida ishlamoqdamiz!
Xavotirli faktlar…

2050 yilga kelib okeandagi plastiklar baliqlarga qaraganda ko’proq bo’lishi mumkin.

Dunyoda 50% plastikdan faqat bir marta foydalaniladi, keyin esa tashlab yuboriladi.

So’nggi 10 yil davomida odamlar o’tgan asrga qaraganda ko’proq plastik ishlab chiqardilar.
Brend sifatida bizning vazifalarimiz

BIZNING MAQSADIMIZ:
2025 yilga kelib, flakonlarimizning 100 foiz qayta ishlanadigan plastmassadan tayyorlanishi va do‘konlarimizning 100 foizi plastikni qayta ishlash xizmatini taqdim etishini ta’minlash.

Ushbu maqsadga erishishning ikki yo’li:
Ekologik jihatdan toza qadoqlashni birgalikda ishlab chiqish
AMALGA OSHIRISH
100% qaytadan ishlangan qadoqlash so’nggi 10 yil mobaynida!
Aromakologiya liniyasining flakonlari nima uchun yashil rangda ekanligini bilasizmi? Chunki ular ekologik! Kosmetika sanoati shaffof plastmassadan foydalanishni afzal ko'radi, biroq ushbu yo'nalish uchun biz 100% qayta ishlanadigan PETdan tayyorlangan rangli flakonlarni tanladik.
2025 yilga kelib biz o’zimizning barcha flakonlarimizni ishlab chiqish uchun qayta ishlangan plastmassadan foydalanmoqchimiz va buning uchun biz Loop Industries bilan hamkorlik qilyapmiz!

QISQARTIRISH
ALMASHTIRILADIGAN BLOKLAR– KAMROQ PLASTIK!
Bizning ko'plab vositalarimiz oddiy flakonga qaraganda 65% -90% kamroq plastik ishlatiladigan ekologik almashtiriladigan bloklarda taqdim etilgan. Mijozlarimiz ekologik xavfsiz yechimlarni tanlashga intilishlari sababli 2017 yilda biz plastikdan foydalanishni 7 foizga kamaytirdik. Shuning uchun, tanlash imkoniyati mavjud bo'lganda, yanada ekologik variantni tanlang! Kelajakda ko'proq ekologik toza almashtiriladigan bloklarn iko’proq sotish rejalarimiz haqida bilishdan xursand bo'lasiz!
QAYTADAN ISHLASH
DIQQAT MARKAZIDA: SIFAT JIHATDAN YANGI TEXNOLOGIYA!
L'OCCITANE yaqinda kompaniya bilan uzoq yillik shartnomani imzoladi

KEYIN NIMA?
EKOLOGIK DIZAYN: QADOQLASHGA YANGICHA QARASH
Biz oddiy qadoqlashni afzal ko'ramiz: hech qanday ortiqcha narsa yo'q! Qadoq qalinligini kamaytirish hisobiga biz allaqachon foydalaniladigan plastikhajmini 28 tonnaga kamaytirdik. Va hozirgi vaqtda biz selofan himoya membranalarini O’rmon vasiylar kengashi (FSC) tomonidan sertifikatlangan yangi, ekologik toza, xavfsiz parchalanadigan yog'och tolali membranalar bilan almashtirishni rejalashtirmoqdamiz. BIzning rejalarimiz ulkan!
